Ayollar diqqatiga: ideal makiyajning 12 siri

14.02.2020 09:42

Buning uchun esa quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Qovoqlar uchun mo‘ljallangan qalam rangi o‘zingiz istagandek bo‘lmasligi mumkin. Uning yordamida chizilgan chiziq ham tabiiyki, rangpar tusda bo‘ladi. Agar qalam uchi 10-15 soniya davomida olovda tutib turilsa, uning rangi o‘zgaradi va qovoq ustiga tekis chiza boshlaydi.

Buning uchun bo‘yoqni surishdan avval qovoq ustiga oq layner qalam suriladi. Ana undan keyin ustidan bo‘yoq surtsangiz farqini darhol sezasiz.

Oddiy choy qoshiq olinadi va suratda ko‘ringanidek qovoqlar ustiga qo‘yiladi. So‘ngra qoshiq chetlariga yupqa chiziq chiziladi.

Buning uchun ham oddiy qoshiqdan foydalaniladi. Rasmda ko‘rsatilgan shaklda qovoq usti qoshiq bilan yopiladi. Shu holatda kipriklar bo‘yalsa, chiroyli ko‘rinish hosil bo‘ladi.

Tush idishi ichiga ko‘z tomchisidan qo‘shishingiz mumkin. Bu tomchilardan keyin tush suyuqlashadi va u sizga ko‘proq xizmat qiladi.

Kipriklarni qayirish uchun moslamadan foydalanasizmi? Qo‘llashdan avval uni fen yordamida isitib oling va keyin qayirsangiz, kipriklar tez qayriladi.

Tush surishdan avval kiprik ildiziga upa surtiladi. U kipriklarni bir-biridan ajratadi va ularga qalin ko‘rinish beradi.

Sun’iy kipriklarga elimni gugurt cho‘pi yoki to‘g‘nog‘ich yordamida suring. Bu elimning tekis surilishiga yordam beradi.

Lablarni bo‘yab bo‘lgach ustiga yupka maxsus nam sochiq qo‘yiladi. Ustidan upa surtilsa lab bo‘yog‘i ko‘proq vaqtga saqlanadi.

Avvaliga lab qalami bilan yuqori lab markaziga “x” shakli chizib olinadi. Ana undan keyin bo‘ladi. Bu holatda lab chuqurchasi yaqqol seziladi va ular bejirim ko‘rinishga keladi.

Buning uchun qalam kerak bo‘ladi. Qalam quloqning yuqori qismiga qo‘yiladi va shu chiziq bo‘ylab yanoqlar bo‘yaladi.

Bajarilgan makiyajni qotirish uchun termal sprey va nam sochiqchalar kerak bo‘ladi. Makiyaj qilingan yuzga sprey sepiladi va ustiga nam sochiq qo‘yilib yana bir marta sepiladi. Bunda nam sochiqcha bo‘yoqdagi ortiqcha yalliqtiroqlikni yo‘qotadi va barcha bo‘yoqlar rangini bir me’yorga keltiradi.