O‘zbekistonda Jerar Depardye ishtirokida yana bir film olinadi

14.02.2020 09:42

O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi hamda madaniy va pazandalik an’analari haqida mashhur aktyor Jerar Depardye ishtirokida hujjatli film suratga olayotgan Fransiyaning B-Tween prodyuserlik kompaniyasi ijodiy guruhi O‘zbekistonga keladi.

Об этом сообщает Руспрес

Mazkur kinokompaniya Fransiya va xorijda kino va filmlar suratga olish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda Depardye ishtirokida film suratga olish loyihasi O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

«Ipak yo‘li» filmi Depardyening yana bir aktyor hamrohligida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatiga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘ladi, arxitektura va madaniy yodgorliklar, o‘zbek hunarmandlarining ishlari va milliy oshxona bilan tanishadi.

Film mualliflari Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida ham bo‘ladi. Fransiyalik kinoijodkorlar tomoshabinlarga, shuningdek, O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari haqida hikoya qilishadi.

Davomiyligi 52 daqiqa bo‘lishi kutilayotgan film Fransiya telekanallarida namoyish etiladi. Filmni suratga olish ishlarini sentyabrda boshlash rejalashtirilgan.