Vashingtonda ilk Falastin muzeyi ochildi

14.02.2020 09:47

Shanba kuni AQSh poytaxtida ilk Falastin muzeyi ishga tushdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Foto: Samira Sadeque/Al Jazeera

Ushbu muzeyda butun dunyodagi falastinliklarning ko‘magi bilan Falastinning tarixiy va madaniy eksponatlari joy oladi.

“Ko‘p hikoyalar, yagona qalb” shiori bilan Falastin xalq muzeyi ikki bo‘limga ajratilgan. Ilk bo‘limda besh rassomning “Kelajakni qayta tasvirlash” nomi ostidagi ishlari o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Falastin xalqi tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi eksponatlar o‘rin olgan.

Shanba kuni ochilgan muzey Konnektikutda ochilgan muzeydan bir yil o‘tib ishga tushdi.

“Vashingtonga 2011-yilda kelganimda shahardagi muzeylar va haykallarni ko‘rib lol qolgandim” – deya hikoya qiladi muzey asoschisi va direktori Bshara Nassar.

“Shu bilan birga o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Boisi Falastinliklar hikoyasini ifodalash uchun joy topolmadim” – qo‘shimcha qiladi Nassar.

Shundan keyin muzeyning bo‘lajak asoschisi 2015-yildan boshlab Vashingtonda kichik guruh bilan ko‘rgamalar o‘tkazish ishini boshlab yuboradi. Ular falastinlik rassomlar, diaspora vakillari bilan hamkorlikda universitetlar, cherkovlar, madaniy markaz va kechalarda qatnashishdi. Shu tariqa Falastin tarixini hikoya qiluvchi doimiy faoliyat ko‘rsatadigan muzey tashkil qilishdi.