Mirziyoev YeTTB rahbarini uchinchi bor qabul qildi

14.02.2020 09:47

Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Об этом сообщает Роспрес

Oxirgi ikki yilda ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut rahbari mamlakatimizga uchinchi bor tashrif bilan kelgani o‘zaro almashinuvlar faollashganidan dalolat beradi.

O‘tgan yil oktyabr oyida bankning O‘zbekiston bo‘yicha mamlakat strategiyasi qabul qilindi. YeTTB ekspertlari yordamida O‘zbekistonning energetika, bank va moliya sohalari, kapital bozorini rivojlantirish va mamlakatimizda raqobat muhitini yaxshilash bo‘yicha islohotlar ishlab chiqilmoqda va amalga oshirilmoqda.

Qo‘shma loyihalar portfeli kengaymoqda. Zayom kelishuvlari imzolanib, qiymati jami 600 million dollardan ziyod kredit mablag‘larini jalb etgan holda mamlakatimiz hududlarida energetik va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalari tayyorlanmoqda. Xususiy sektor loyihalariga 100 million dollardan ziyod investitsiya kiritildi. Bundan tashqari, umumiy qiymati 800 million dollarga yaqin bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega istiqbolli dastur va loyihalar ishlab chiqilmoqda.

YeTTB ning Toshkent shahridagi vakolatxonasi faol ishlamoqda, uning Andijon shahrida va mamlakatimizning boshqa hududlarida filiallarini ochish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tashkil etish va uning birinchi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.