O‘zbekiston Prezidenti kuzda Yaponiyaga safar qiladi

14.02.2020 09:47

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuz oylarining birida Yaponiyaga boradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matovning so‘zlariga asoslanib “Xalq so‘zi” gazetasining sayti xabar bergan.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Safar haqida to‘li ma’lumotlar berilmagan. Uning rasmiy yoki ishchi tashrif ekanligi hali aniq emas.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar 1992-yilda o‘rnatilgan. Shu yili Yaponiyaning Toshkent shahridagi elchixonasi, 1996-yilda esa O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ochilgan.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar asosan ta’lim, malaka oshirish, madaniyat, turizm, texnologiyalar va gumanitar sohalarda yaxshi rivojlanib ulgurgan. Har yili Yaponiya tomonidan O‘zbekistondagi ma’lum tarmoqlarni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun beg‘araz grantlar ajratib kelinadi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya bosh vaziri Abe Shinzo (Sputnik International)

Yaponiya bosh vaziri Abe Shinzo so‘nggi bor O‘zbekistonga 2015-yilning 25-oktyabr kuni tashrif buyurgan. Oliy darajali mehmonni o‘sha vaqtdagi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib olgandi.

Foto: G‘ayrat Fozilov (Review.uz)

O‘zbekistonning Yaponiyadagi hozirgi elchisi G‘ayrat Fozilov bo‘lib, diplomat 2015-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.