“Ipoteka bank”ka elektr uchun to‘langan pullar g‘oyib bo‘ldi

14.02.2020 09:48

Bulung‘ur tumanida joylashgan “Ipoteka bank” ATIB Samarqand viloyat filialining 30-sonli jamg‘arma kassasida 2017–2019-yillar davomida energiya resurslari tarmog‘idan uzilgan 39 nafar iste’molchi tomonidan tarmoqqa qayta ulanish uchun 14 million 898 ming so‘m pul to‘langan.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Ijro hujjatlari bo‘yicha 46 nafar fuqaro tomonidan davlat foydasiga to‘langan 8 million 938 ming so‘m pul mablag‘lari uchun bank muhri tushirilgan to‘lov kvitansiyalari berilgan. Biroq o‘rganish davomida bu pullar bank kassa dasturiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 19 ta ijro hujjatlariga qo‘shilgan to‘lov kvitansiyalari bilan bank filialida mavjud bo‘lgan to‘lov kvitansiyalari taqqoslab ko‘rilganda 6 million 410 ming so‘m pul mablag‘lari uchun bank muhri tushirilgan to‘lov kvitansiyalari borligi aniqlangan. Lekin bank filialida xuddi shu ijro hujjatlari uchun 593 ming so‘mlik bank muhri tushirilgan soxta to‘lov kvitansiyalari aniqlangan. Natija 5 million 616 ming so‘m farqni tashkil etgan.

“Ipoteka bank” ATIB Samarqand viloyat filialining jamg‘arma kassa xodimlari J.Q. va H.A.lar davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan 29 million 453 ming so‘m pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan JKning 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish tuman prokuraturasiga yuborilgan.