Jurnalist Putinni ortda qoldirdi

14.02.2020 09:48

Rossiyalik jurnalist Ivan Golunovning qo‘lga olinishi va sud hukmidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda mashhur shaxslardan tortib, oddiy insonlargacha uning himoyasiga chiqmoqda.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Meduza jurnalist-surishtiruvchisi Ivan Golunov giyohvand moddalarni tarqatish bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.

Foto: Ivan Golunov sudda (Evgeniy Felьdman, Meduza)

8-iyun kungi sud qaroridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik foydalanuvchilar tomonidan Golunov ismi 165 ming marta eslab o‘tilgan. Putin esa 136 ming marta eslangan xolos.

Rossiya jurnalistik jamoatchiligi mamlakatning katta shaharlarida 3 kun davomida jurnalistning ozod etilishini yoqlab namoyishlar o‘tkazmoqda. Golunovga nisbatan ayblovlarning olib tashlanishini yoqlab 115 mingga yaqin kishi petitsiya imzolagan.

Foto: Otkritie media

Ma’lumot uchun, Ivan Golunov korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni taftish qiladi. U ushbu mavzudagi yuzlab maqola va materiallarning muallifi hisoblanadi. 6-iyun kuni uyida giyohvand moddalarini saqlash aybi bilan qo‘lga olingan Golunov ishi Rossiya huquq-tartibot va sud sohalarining haqqoniyligini so‘roq ostiga qo‘ymoqda.