Habib 7-sentyabr kuni Prezident nabirasi bilan ko‘rishmoqchi

14.02.2020 09:48

Kecha Habib Nurmagomedov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘g‘li Miralisher va nabirasi Miromon bilan birga tushgan suratini Instagramiga joylashtirdi. 

Об этом сообщает Роспрес

Yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib qaytgan aralash qoidalar chempioni ushbu surat tagiga: "Miromon, 7-sentyabr kuni ko‘rishamiz, yo‘qolib qolma)))" deb izoh qoldirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Habib 7-sentyabr kuni Dastin Porega qarshi jang o‘tkazadi.

Ushub jang uchun 7 iyun kuni sotuvga chiqarilgan chiptalar  oradan ikki kun o‘tib sotilib bo‘ldi.

Dastin Porega qarshi jang Abu-Dabida UFC 242 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Unda Habib o‘z kamarini himoya qiladi. Jangga 18 ming muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda.