Shanxayda oltin medalni o‘zbek karatechisi qo‘lga kiritdi

14.02.2020 09:48

Xitoyning Shanxay shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Premyer-liga musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

3 kun davom etgan mazkur musobaqa terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi.

Turnirning birinchi kunida hamyurtimiz Dostonbek Otabolaev -75 kg vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Karatechimiz bugun oltin medal uchun eronlik Bahman Asg‘ariga qarshi jang qildi.

Murosasiz kechgan bahs Otabolayevning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.