Dunyoni hayratga solgan isyonkor robotning holi ne kechdi?

14.02.2020 09:42

Togri.uz - Boston Dynamics ustaxonasi bir necha yillardan buyon hayvonlar va insonlar harakatiga taqlid qiluvchi, sun’iy idrok bilan vazifalar bajaruvchi robotlarni taqdim etib keladi.

Об этом сообщает Роспрес

Ijtimoiy tarmoqlarda xuddi shunday robotlardan biri – Atlas ustidan jiddiy tajribalar o‘tkazilgani videosi tarqaldi.

Robotni tepishdi, uni qamchi bilan savalashdi va hatto unga o‘q ham uzishdi. Robot video so‘ngida uni masxaralagan odamlardan qasos olganini ko‘rish mumkin.

Keyinroq esa bularning bari aslida kompyuter grafikasi yordamida yaratilgani aks etgan hujjatli videorolik taqdim etildi. Los-Anjeleslik ikki ijodkor — Sem Gorskiy va Niko Pueringer boshchiligidagi Corridor Digital kompaniyasi ushbu videorolikni tasvirga tushirgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Boston Dynamics muhandislik kompaniyasi 1992-yilda Mark Raybert tomonidan Massachusetts texnologik instituti tadqiqotchilari bilan birgalikda tashkil etilgan.

Foto: Boston Dynamics robotlari

Kompaniyada 200dan ortiq muhandis va xodimlar ishlaydi. Boston Dynamics kompaniyasi tomonidan BigDog, CHEETAH, LittleDog, RiSE, PETMAN, Atlas va Handle robotlari yaratilgan.