O‘zbekistonning besh shahrida «Open Air Sahro Simfoniyasi» konserti bo‘lib o‘tadi

14.02.2020 09:42

O‘zbekistonning besh shahrida katta musiqiy loyiha - «Open Air Sahro Simfoniyasi» bo‘lib o‘tadi. An’anaga aylangan loyiha O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining jonli konsertlari va milliy estrada san’atining mohir va yosh san’atkorlari chiqishlarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Об этом сообщает Роспрес

«Open Air Sahro Simfoniyasi» Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi markaziy maydonida boshlanadi. Musiqa karvoni kontsertlar bilan Xiva, Termiz, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining tarixiy va san’at maydonlarida yo‘lini davom ettiradi.

  • 18-iyun – Nukus shahri I.V.Savitskiy nomidagi davlat San’at muzeyi oldidagi ochiq maydonda;
    • 20-iyun — Xiva shahridagi «Ichan Qal’a» memorchilik ansamblida;
    • 23-iyun – Termiz shahri Surxondaryo viloyati San’at Saroyi amfiteatrida;
    • 25-iyun – Qarshi shahri markaziy amfiteatrida;
    • 27-iyun – Shahrisabz shahri «Oqsaroy» tarixiy saroyi oldidagi ochiq maydonda.

Konsert dasturi o‘tkaziladigan barcha maydonlarda loyiha uchun tashkil etilgan konsert zallari, 3000 tadan 5000 tagacha o‘rindiq, musiqaviy chiroq uskunalari bilan bezatilgan sahna, shaharning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi vizual ekranlar quriladi.

Dasturlar har bir viloyatning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda maxsus tuzilgan. Konsert dasturi mumtoz asarlar, mashhur romantik kuylar va opera musiqalari, film musiqalari, raqs kompozitsiyalarining asl tanlovlari, tomoshabinlar uchun kutilmagan sovg‘a va yana ko‘plab qiziqarli tuhfalarni qamrab olgan besh turdagi shoudan iborat.

«Open Music» jahonning turli xalqlari madaniyatida aks etgan, umuminsoniy qadriyatlarni tasdiqlashga qaratilgan keng ko‘lamli dastur bo‘lib, u tabiat hamda san’at uyg‘unligini o‘ziga xos innovatsion multimedia shaklida konsert orqali taqdim etishi orqali tomoshabinlarni jalb etadi.