Bolgariyalik talaba “qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardi”

14.02.2020 09:47

Sofiyada yashovchi 21 yoshli qiz 2018 yilda lablarini kattaroq ko‘rinishga keltirish uchun 15 marta mutaxassisga murojaat etgan.

Об этом сообщает Роспрес

Uning so‘zlariga ko‘ra, lablari xuddi o‘zi orzu qilgandek ko‘rinishga kelgan. Andrea bolaligidanoq, Barbi kabi ko‘rinishga ega bo‘lishni xohlagan, deb yozmoqda, The sun. 

– Kosmetik operatsiyalarni sanamadim, balki ular 15 martadan ham ko‘proq o‘tkazilgandir, hech bo‘lmaganda har oyda bir marta operatsiya qildirdim, – deydi Andrea. Men xuddi kartinadagidek lablarni xohlagan edim.

Bundan tashqari, qiz qo‘g‘irchoqqa ko‘proq o‘xshash uchun ko‘kraklarini ham kattalashtirish operatsiyasini o‘tkazgan. Andrea sochlarini och rangga bo‘yagan va har kuni ulama kiprikli yorqin pardoz qiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqda uning bu ko‘rinishdagi suratiga salbiy munosabatlar bildirilayotgan ekan. Ularning so‘zlariga qaraganda,  Barbi qo‘g‘irchog‘iga emas, ko‘proq Lox-Ness mahluqi yoki multfilm qahramoni Daffi Dakning urg‘ochisiga o‘xshab qolgan.

Andreaning aytishicha, u bu gaplarga e’tibor bermaydi, chunki tashqi ko‘rinish — bu uning shaxsiy tanlovi.

Aslida esa Andrea

mana bunday go‘zal qiz bo‘lgan.