O‘ziga bo‘lgan ishonchning shaxsiy hayotga ta’siri

14.02.2020 09:47

Ko‘pchilik yigitlar, qizlar hayotda o‘z juftlarini topishga qiynalishadi yoki topgan juftlari ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishiga esa sabablar juda ko‘p, deyiladi telegramdagi ruhiyat bilan bog‘liq mavzular yoritilib boriladigan kanallarning birida. 

Об этом сообщает Руспрес

Aytilishicha, shaxsiy hayotda o‘z juftini topishga qiynalishning sabablaridan biri bu – yigit yoki qizning o‘ziga bo‘lgan bahosining pastligi tufaylidir. Ular yoshligidan ota-onasidan kam maqtov eshitgan bo‘ladi, ularni ko‘proq kamsitishgan, o‘zligini anglatishmagan.

Masalan, “Sen chiroyli qiz (yigit) emassan, xunuksan. Bu turishda kim bo‘lasan? Seni kim kelin qiladi yoki kim senga qizini beradi?”...

Bu kabi gaplar insonni o‘ziga bo‘lgan bahosini pasaytiraveradi va natijada ular hayotda o‘z o‘rnini topishga juda ham qiynalishadi yoki tanlagan jufti ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Eng asosiysi, ular o‘zidanda pastroq yoki o‘ziga umuman mos bo‘lmagan noideal juftlarni tanlashadi.

Sababi ularning ong ostida “Men shu qizga (yigitga) mosman” degan ichki ishontirishlar  o‘rnashib qolganligidir. Ular shu tarzda turmush qurib hayot kechirishni boshlaydilar.

Keyinchalik esa men idealimdagi qizga uylanmadim yoki turmushga chiqmaganman deya o‘ksinib yurishadi. Aslida bu tushunchalarning hamma negizi bolalik davrimizning qanday o‘tganligiga borib taqaladi.

Bolalikda bizga bo‘lgan munosabatlar hozirgi hayotimizda o‘z natijasini ko‘rsatadi. Shunday ekan, farzand tarbiyasida o‘z qarashlaringizni o‘zgartiring.

Uni “Sen chiroyli qizsan, yoki sen juda ham ko‘rkam yigitsan” deb tez tez maqtab turing, o‘zlariga bo‘lgan ishonchini orttiring.

“Sen hamma narsaga qodirsan, aqllisan” degan maqtovlar bilan siylab, erkalab tursangiz, uning o‘ziga bo‘lgan bahosini oshirsangiz, o‘shanda farzandingiz  ulg‘ayib o‘z juftini tanlashda qiynalmaydi.