Mirziyoyev ShHTning 32-majlisida qatnashish uchun jo‘nab ketdi

14.02.2020 09:47

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13-iyun kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga jo‘nab ketdi. 

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Sammitda a’zo mamlakatlar o‘rtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. 

Muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan. 

Prezidentning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida 2017-yil 30-mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining navbatdagi, o‘ttizinchi majlisi bo‘lib o‘tgan edi. 2018-yil 9-10-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘ttiz birinchi majlisi o‘tkazilgan.