Qozog‘istonda 15 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi

14.02.2020 09:47

Mamlakatimizning Qozog‘istondagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 3-iyun kuni Qarag‘anda shahrida 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanish oqibatida  shifoxonaga joylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Об этом сообщает Роспрес

Jabrdiydalarga 5 iyun kuni tibbiy muassasadan uyga ruхsat berilgan:

-Xusanov Sardor Toshkan o‘g‘li, 20.07.2001-y.da tug‘ilgan;
-Djurayev Valentin Fayzullayevich, 15.04.1998-y.da tug‘ilgan;
-Xusanov Sharif Toshkanovich, 08.02.1973-y.da tug‘ilgan;
-Toshkanov Alisher Egamberdi o‘g‘li, 17.10.1996-y.da tug‘ilgan;
-Ne’matov Baxodir Botir o‘g‘li, 30.03.1992-y.da tug‘ilgan;
-Elboyev Odil Oripovich, 12.04.1986-y.da tug‘ilgan;
-Elbayev Farrux Oripovich, 02.02.1992-y.da tug‘ilgan;
-Toshkanov Shaxzod Xudoyberdi o‘g‘li, 10.03.1999-y.da tug‘ilgan;
-Toshkanov Doston Sharif o‘g‘li, 24.10.1995-y.da tug‘ilgan;
-Toshkanov Oybek Qahramon o‘g‘li, 15.02.1996-y.da tug‘ilgan;
-Iskandarov Obid Salohiddinovich, 01.08.1995-y.da tug‘ilgan;
-Samiyev Azizbek Asad o‘g‘li, 01.01.1998-y.da tug‘ilgan;

Qayd etilishicha, mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Konsul va Elchixonaning mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha vakili Qarag‘anda shahriga kelgan o‘zbekistonliklarning pasportlari yo‘qligi masalasi bilan ham alohida shug‘ullanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ular pasportlarini ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirish uchun ularni taklif qilgan o‘zbekistonlikka topshirishgan.

“Konsullik-huquqiy departamenti chet elga ketayogan fuqarolarimizga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni hech qanday vaziyatda begona shaxslarga bermaslikni yana bir bor qat’iy tavsiya qiladi” deya ogohlantirilmoqda elchixona axborot xizmati portalida.