O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi jadallashtiriladi

14.02.2020 09:47

Kecha, 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda sanoatni rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Bu haqda Prezident Axborot xizmati ma’lum qildi. 

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Vazirlar mahkamasining taklifi eshitildi

Yig‘ilishda ushbu masala bo‘yicha vazirliklar va hokimliklar oldida turgan muhim vazifalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining takliflari eshitilgan. 

Videoselektorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, o‘zlashtirish va loyihalarni muddatida ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tarmoq va hududlar kesimida muhokama qilingan.

1 milliard dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Selektrda aytilishicha, joriy yilning besh oyi mobaynida hududiy loyihalar doirasida 1,6 milliard dollar, tarmoq loyihalari doirasida qariyb 1 milliard dollar xorijiy investitsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirilgan.  Lekin, bu belgilangan mo‘ljaldan kamligi, ayrim viloyatlarda o‘zlashtirish yillik rejaning 35 foizga ham etmagani ko‘rsatib o‘tilgan. 

Mazkur takliflar chet ellik insvestorlariga taqdim qilinadi

Xususan, Andijon viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish borasidagi ishlar qoniqarsizligi bois, Investitsiya va tashqi savdo vaziri o‘rinbosarlari viloyatdagi sanoat tarmoqlariga mas’ul etib biriktirilgan. Ular  tarmoq birlashmalarini jalb etib, bo‘sh turgan ob’ekt va maydonlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy investorlar uchun takliflar ishlab chiqadi. Mazkur takliflar elchilar bilan birgalikda chet elda investorlarga taqdimot qilinadi.

Hokimlar faoliyati tanqid ostiga olindi

Mutasaddilarga ushbu yangi tizimni boshqa hududlarda ham joriy qilish, joylarga chiqib, xorijiy investorlar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan topshiriqlar berilgan. 

Yig‘ilishda mahalliy hokimliklar rahbarlarining chet elga xizmat safarlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Aksariyat kelishuvlar doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish boshlangan bo‘lsa-da, ayrimlari hozircha qog‘ozda qolib ketayotgani tanqid qilingan. 

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlari axborot berib o‘tgan..