AQSh vs Xitoy: Huawei urushga aralashmaydi

14.02.2020 09:47

AQSh moliya vaziri Stiven Mnashin amerika va xitoy hukumati vakillari Huawei’ga nisbatan sanksiyalar va mahsulotlarga qo‘yiladigan bojlar masalasida kelishib olganini bildirdi.

Об этом сообщает Роспрес

Foto: Stiven Mnashin (Fortune)

Endi ikki mamlakat ushbu muammolarni alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Mnashinga ko‘ra, Vashington tomoni Pekin bilan kengroq kelishuvlarda Huawei’ni aralashtirmaydi.

Amerikalik vazir Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Donald Tramp Huawei bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yib olingach, Xitoy bilan milliy xavfsizlik masalasi bo‘yicha muhokamalarni boshlashi mumkinligini ta’kidlagan. Mnashin tijoriy muhokamalarda ijobiy siljishlar bo‘lganini ham aytib o‘tgan.

Foto: El Mañana de Nuevo Laredo

Hozircha Mnashinning so‘zlaridan hukumat smartfonlar ishlab chiqaruvchisiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi bo‘yicha aniq yakuniy xulosaga kelib bo‘lmaydi.