Endi o‘zbek gilosi va uzumini fir’avnlar yurtida iste’mol qilishadi

14.02.2020 09:47

O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilgan uzum va gilos mevalari hosili Misrga eksport qilinadi. Bu masalada O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Misr Markaziy o‘simliklar karantini boshqarmasi o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik o‘rnatilgan.

Об этом сообщает Роспрес

“Men O‘zbekistondan Misr bozoriga uzum va gilos olib kelinishiga ruxsat bo‘yicha qaror qabulganidan va buni ma’lum qilayotganimdan xursandman”, deyiladi MMO‘K rahbari Ahmad al Attorning xatida.

Eslatib o‘tamiz, Misr Prezidenti Abdulfattoh as Sisining 2018-yil O‘zbekistonga qilgan tashrifida imzolangan hujjatda O‘zbekistondan ho‘l, quritilgan va muzlatilgan meva-sabzavotlarni Misr bozoriga eksport qilish uchun karantin ruxsatnomasini olish bo‘yicha topshiriq belgilangandi.

Foto: Ikki davlat prezidentlari

Ma’lumot uchun, 25-may kuni Londondagi Western International Market’ga O‘zbekistondan birinchi gilos partiyasi yetkazilgandi.