Gaz turbinalari uchun xizmat ko‘rsatadigan markazlar quriladi

14.02.2020 09:47

13-iyun kuni Energetika vazirligida Mitsubishi kompaniyasi Xalqaro departamenti Bosh menejeri, SOO kompaniyalari guruhi o‘rinbosari Kazuxiro Vatanabe bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Об этом сообщает Руспрес

Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy qo‘mitasi 15-yig‘ilishning amaliy-tashkiliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, energetika va neft-gaz sohasidagi yangi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Navoiy IESda zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining 3-4 bosqichi qurilishi, shuningdek, Mitsubishi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gaz turbinalari uchun xizmat ko‘rsatish va servis markazlarini tashkil etish shular jumlasidan.

Uchrashuvda shuningdek, Mitsubishi kompaniyasi MTO gaz-kimyo klasterlari yaratish bo‘yicha loyihalarda hamda O‘zbekiston gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.