“Milliy bank”dagi kirdikorlar fosh etildi

14.02.2020 09:48

TIF “Milliy bank” Marg‘ilon shahar filialining boshqaruvchisi A. Madvaliyev va xodimlar Sh. Rahimov, E. Usmonova, I. Rahmatullayevalar mijozlarning kredit qarzdorligini omonatchilarning mablag‘lari hisobidan qoplab kelgan.

Об этом сообщает Руспрес

Ular fuqarolar ishonib topshirgan mablag‘larini bankdan kredit olgan boshqa mijozlarning kreditdan bo‘lgan qarzdorliklarini qoplashga yo‘naltirib, ushbu mablag‘larni rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Xususan, A.Kavlanovning 49 million so‘m mablag‘ini kassa mudiri Sh.Rahimov qabul qilib olib, unga soxta omonat daftarchasi va hisobvaraq rasmiylashtirgan, o‘ziga biriktirilgan dasturiy tizimiga qayd etmagan.

Mijozga topshirgan pul mablag‘lari uning omonat hisob raqamiga kirim bo‘lganligini ma’lum qilib, topshirilgan pul mablag‘lari hisobidan har oyning belgilangan sanasida A.Kavlanovga omonat foizlarini o‘z hisobidan berib, bu haqda omonat daftarchasi va hisobvarag‘iga soxta yozuvlarni qayd etib kelgan.

Mazkur filialning mijozlari bo‘lgan bir qator korxonalarning kredit to‘lovlari shu kabi ayrim omonatchilarning bankka topshirgan pul mablag‘lari hisobidan qoplab berilgan.

“O‘zmilliybank” bosh ofisi raisining farmoyishi asosida bankning Marg‘ilon filialida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida 5 ta holatda mijozlar hisob raqamiga jami 116 million 732 ming 500 so‘m mablag‘i kirim qilinmagani aniqlandi.

Bundan tashqari, “Milliybank” Marg‘ilon shahar filialining jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish bo‘yicha konversion operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan E.Usmanova filialning ayirboshlash amaliyotlari sho‘’basi kassir-nazoratchisi vazifasida ishlagan I.Rahmatullaeva ham o‘zgalarning haqiga xiyonat qildi.

Ular kompьyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, “Zolotaya korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali 11 nafar shaxslar nomiga kelgan chet el valyutasini mijozlar bankdan olib ketishganidan so‘ng ularning nomidan ma’lumotlar kiritishib, 3 ming 260 dollarini talon taroj qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ularga tegishli jazo tayinlandi. Jabrlanuvchilarga etkazilgan moddiy zarar esa qoplandi.