Telefon aloqasi xizmatlariga yangiliklar kiritildi

14.02.2020 09:48

Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ida telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Amaldagi tartibga ko‘ra, telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun foydalanuvchilar telekommunikatsiya operatoriga shartnoma tuzish uchun ariza beradi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, telekommunikatsiya operatori mazkur arizalar ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kunda qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Ilgari bu muddat 30 kun edi.

Endilikda, agar abonent telefon aloqasidan foydalanish to‘xtatib quyilgandan keyin 60 kun ichida telefon aloqasi xizmatlari bo‘yicha qarzdorligini yopmasa, telekommunikatsiya operatori shartnomani bir tomonlama bekor qiladi.

Ilgari mazkur muddat bir oyni tashkil qilgan.