“Xalq banki” seyfidan 100 000 $ kim olgani aniqlandi

14.02.2020 09:48

Xalq bankining Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi filialida 100 ming dollar naqd pul yo‘qolib qolgan.

Об этом сообщает Роспрес

2019-yilning 5-fevral kuni Yozyovon tumani IIB navbatchilik qismiga soat taxminan 23:40 larda Xalq banki tuman filiali boshqaruvchisi pul yo‘qolganligi aniqlangani to‘g‘risida xabar bergan.

6-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu erda bo‘lgan 100 000 AQSh dollari yo‘qligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.