AQSh va Fransiyaning “do‘stlik emani" quvrab qoldi

14.02.2020 09:48

Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘tgan yili aprel oyida Oq uy hovlisiga ekkan eman daraxti quvrab qoldi, deb xabar berdi Monde gazetasi.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Makron 2018-yil aprel oyida davlat tashrifi bilan AQShda bo‘lgan edi. U o‘shanda ikki mamlakat o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalarning 250 yilligi munosabati bilan AQShga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari birgalikda Oq uy yaqiniga Fransiyadan keltirilgan “do‘stlik emani" niholini ekkan edi. Fransiya yetakchisi ushbu eman uzoq yillik do‘stlik timsoli bo‘lib qoladi degan edi.