BAAda 200ga yaqin odam ichimlik suvidan zaharlandi

14.02.2020 09:48

Ajman shahrida bir yashash hududida yashovchi 200 nafarga yaqin aholi zaharlanish oqibatida shifoxonaga murojaat qilgan.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Ommaviy zaharlanishga ichimlik suvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda "RIA" Novosti Ajman politsiyasi ma’lumotiga tayanib.  

“Horizon Towers”da zaharli suv

Dam olish kunlari “Horizon Towers” majmuasida yashayotgan 190 nafarga yaqin aholi zaharlanishdan shikoyat qilib, Amirlik shifoxonalariga murojaat qilgan. Ularning yetti nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Shifoxonadagilarning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

Tozalash ishlari olib borilmoqda

Ayni paytdi Amirlik kommunal xizmatlari tashkilotlari barcha kanalizatsiya tarmoqlari yo‘llarini tekshiruvdan o‘kazmoqda. Ichimlik suvi tarmoqlarida dizinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Zaharli suv: hidi ham boshqacha, rangi ham

Mahvalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq mahalliy aholi badbo‘y hiddan va ichimlik suvi rangi o‘zgarganidan shikoyat qilgan.