Eron Rossiya yordamisiz qoldi

14.02.2020 09:48

Bloomberg saytining ma’lum qilishicha, Rossiya Eronga S-400 zenit raketa himoya tizimini sotishdan voz kechgan.

Об этом сообщает Руспрес

Foto: S-400 kompleksi (TASS)

Rossiya tomoni buni Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashib ketishi bilan izohlagan. OAV manbalaridan birining ma’lum qilishicha, bu qarorni shaxsan Prezident Vladimir Putin qabul qilgan.

Bloomberg mutaxassislarining tahlilicha, Rossiyaning munosabati Fors bo‘g‘ozida Tehron, Vashington va ularning ittifoqchilari ishtirokidagi “kuchlarning nozik muvozanati”ni aks ettiradi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi axborot agentligi ma’lumotlariga nisbatan hech qanday izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi oy davomida keskinlashgan. AQSh Harbiy Kuchlari qo‘mondonligi may oyida Tehronning Yaqin Sharqdagi amerika qo‘shinlariga hujum qilishi mumkinligidan ogohlantirgan. 24 may kuni esa AQSh Prezidenti Donalьd Tramp Fors bo‘g‘oziga qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuyuorishini bildirgandi.

Foto: Javod Zarif (timesofisrael.com)

Eron Tashqi ishlar vazirligi buni butun jahon va barqarorlikka nisbatan xavf, deya ta’riflagan.