Indoneziyada vulqon portladi (video)

14.02.2020 09:48

Indoneziyaning Sumatra orolidagi Sinabung vulqonida yirik portlash yuz berdi.

Об этом сообщает Руспрес

Tabiatni muhofaza qilish milliy agentligi (BNPB) mulozimi Sutopo Nugroho bayonotida 9 daqiqadan ortiq vaqt davom etgan vulqonning otilishi va tutunining balandligi 7 ming metrga yetganini aytgan.

Mintaqadan uzoq turing

Mahalliy hokimiyat vakillari aholini qaynoq yomg‘irga qarshi niqob kiyish va vulqonga uch kilometrdan besh kilometrgacha bo‘lgan masofoda ishlash mumkin emasligidan ogohlantirishdi.

Vulqon 400 yil davomida uxlayotgan edi

Sinabung vulqoni taxminan 400 yil o‘tib,  ya’ni 2010 yilda,  2014 va 2016-yillardagi portlashlar orqali qayta uyg‘ongan. Oqibatda 23 kishi hayotdan ko‘z yumgan.  

Ma’lumot uchun, Indoneziyada va “Tinch okeani yong‘in doirasi” vulqon kamarida 130 faol vulqon mavjud.