Istanbulni suv bosdi

14.02.2020 09:48

Pendik, Kartal va Maltepeda yoqqan kuchli jala tufayli suv to‘planib qolishi kuzatildi, deya xabar bermoqda TRT Haber.

Об этом сообщает Руспрес

Foto: TRT Haber

Suv toshishi oqibatida haydovchilar avtomobillari bilan yo‘lda qolib ketgan. Pendikdagi hodisada esa qutqaruvchilar mashinada qolib ketgan haydovchini qutqarishning uddasidan chiqqan.

Kuchli jala shuningdek bolalar bog‘chasiga ham ziyon keltirgan. Suv sathi balandligi tufayli bolalar bog‘chasining uch nafar xodimi qutqaruvchilar yordamida xavfsiz joyga yetkazilgan. Ulardan biri homilador ayol bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Pendikda mashinasi bilan suv toshgan joyda qolgan fuqaro qiyin ahvolda qolib ketdi.

Foto: TRT Haber

Avtoulovi tomiga chiqqan haydovchi shu tariqa yordam kelishini kutgan. O‘z navbatida yuqorida bo‘lgan odamlar narvon orqali uni qutqarishgan.