Qozog‘iston: Xalq Prezidentlik saylovlariga qarshi chiqdi

14.02.2020 09:48

Ma’lumotlarga qaraganda, Qozog‘istonda sobiq prezident Nursulton Nazarboyevga qarshi chiqqan taniqli biznesmen Muxtor Ablyazov 9-iyun (yakshanba) kuni mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirgan.

Об этом сообщает Роспрес

Taxminan 30 yil davom etgan hokimiyatdan so‘ng Nursulton Nazarboyev ikki yarim oy oldin hammani hayratda qoldirib, iste’fosini e’lon qilgan edi. 

Shundan so‘ng mamlakat vaqtinchalik Qosim-Jo‘mart Toqaev boshqaruviga o‘tdi. Sobiq prezident bo‘lajak prezidentlik saylovlarida Toqaev g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi. 

Saylovdan avval garchi "halol,  oshkora va adolatli" saylov jarayoniga va’da berildi.  Ammo G‘arb saylov kuzatuvchilari saylovlar erkinlik va adolatdan uzoq ekanini tanqid qilmoqda. 

Inson huquqlari tashkilotlari muxolifatga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llanilayotganini ta’kidlamoqda.

Ijtimoiy media platformalariga saylovlardan oldin vaqti-vaqti bilan kirish imkoni bo‘lmasa-da,  turli xil manbalardan internet aloqasi ham o‘chirib qo‘yilganligi haqida xabarlar mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylangan video tasvirlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarga qarshi chiqqan namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda bir kishi vafot etgan. Ta’kidlanishicha, politsiya xodimlari uning boshiga qattiq zarba bergan.