Rossiya "oxirzamon quroli”ni yaratdi (video)

14.02.2020 09:48

Rossiyada ishlab chiqarilgan “PRS-1M” raketaga qarshi tizimi dunyoni buzib yuborishi mumkin bo‘lgan oxirzamon quroli deya qaralmoqda, deb yozmoqda Lenta.ru.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

Nemis jurnali “Stern”da keltirilishicha, bugungi kunda qurollanish poygasida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, Rossiya bu natijani gipertovushli raketalar ishlab chiqarish hisobiga ushlab turibdi.

Shuningdek, maqolada, yaqinda Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakatni himoya qilish uchun ishlab chiqilgan «PRS-1M» raketaga qarshi mudofaa tizimining so‘nggi rusumlarining video tasvirlarini joylashtirgani aytiladi. Va unga quyidagicha ta’rif beriladi.

 «PRS-1M – faqatgina dunyoni buzib yuborishi mumkin bo‘lgan janglarda foydalaniladigan haqiqiy oxirzamon qurolidir”.