"Feel Tashkent” finali: g‘oliblar bilan tanishing

14.02.2020 09:48

Toshkentning go‘zalligini ko‘rsatish va shaharni tanitish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tarafidan tashkillashtirilgan “Feel Tashkent” fototanlovining finali o‘tkazildi.

Об этом сообщает Руспрес

Yuzlab havaskor va professional fotosuratchilar tomonidan yuborilgan 1500 dan ziyod fotosuratlar kuch sinashgan “Feel Tashkent”da shaharning go‘zalligini o‘z ichiga olgan 150 fotosurat so‘nggi bosqichga o‘tkazildi. Bular orasidan esa tanlovda eng yaxshi 3 fotosurat g‘oliblikka loyiq ko‘rildi.

Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan fotosurat muallifiga fotoapparat, 2-o‘ringa iPad, 3-o‘ringa esa GoPro Hero 7 Action kamerasi sovg‘asi berildi. Finalgacha etib borgan qolgan o‘rin sohiblariga turli esdalik sovg‘alari berildi.

Yoshlar ijod saroyida tashkillashtirilgan final bosqichida finalchilarning sovg‘alarini Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev berdi. Ko‘tarinki ruxda o‘tgan marosimda ko‘plab mehmonlar va OAV vakillari qatnashdi.

“Feel Tashkent” tanlovi g‘oliblari bilan tanishing:

1. Eva Ramanova

2. Sardor Yakubov

3. Damir Bakirov