"Feel Tashkent" uchun hamma jamul jam

14.02.2020 09:48

31 may kuni "Yoshlar ijod saroyi"da Feel Tashkent fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim avvalida tanlovda ishtirok etgan barcha havaskor va professional ijodkorlar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. So‘ngra, taqdirlash marosimiga tashrif buyurgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev so‘zga chiqib, asosiy o‘rin g‘oliblarini aniqlab berdi.

Об этом сообщает Футляр от виолончели

– "Sizlarni yordamingiz bilan har doim charchamasdan mehnat qilish menga yanada kuch-qudrat bag‘ishlaydi", dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev.

Ortiqxo‘jaev tadbirda quyidagilarni gapirdi:

– "Va, albatta, men sizlar bilan shahrimizni go‘zallashtirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz degan niyatdaman.  Albatta, bu konkursni o‘tkazishim sizlar sabab, qanchalik biz o‘z shahrimizni bilamiz. Menga kelgan bir yarim mingta rasmni bittalab ko‘rib hayron qoldimki, Toshkentda shunday chiroyli manzaralar bor, shunday so‘lim joylar bor, shunday bir professional fotosuratchilar bor. Shunchalar qiziquvchi bor. Yoshlarini aytishsa, 6 yasharli qizam rasmga olgan, 70 yasharli inson ham rasmga olgan. Befarq emasligini ko‘rib, o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men bu rasmlardan shuni angladimki, fuqarolarimiz Toshkentga befarq emas ekan. Bundan juda xursand bo‘ldim. Ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men juda xursand bo‘ldim. Shuning bilan birga shunday chiroyli manzaralarni birgalashib yaratamiz. O‘ylaymanki, shahrimiz bundanda go‘zal bo‘ladi. Menda bu niyatlarimdan yana birisi shu ediki, mana chet ellarga ko‘p borganimizda o‘z shahrining taqvimlari bo‘ladi, har xil mehmonxonaga kirganda 1 evro, 2 evroga sotadi. Shunga o‘xshab albatta sizlar tushirgan rasmlarni agar rozi bo‘lsalaringiz, ruxsat bersalaringiz, turistik ob’ektlarga taqvim shaklida chiroyli qilib sotuvga qo‘yamiz.  Va undan albatta sizlar qo‘l haqi, qalam haqi olasizlar. Toshkentga kelayotgan sayyohlarni, har bir sayyohdan qancha pul olish mumkin, qancha ularni qiziqtirish mumkin. Toshkentga nima qila olishinglar mumkin, hali bu masalalarda ko‘p-ko‘p tanlovlar uyushtiramiz. Mana birinchi bosqichdan o‘tdik, rasm masalasi bo‘yicha. Albatta buni turistik ko‘rinishda qilib, sotuvga chiqaramiz. Va albatta, qalam haqi va sotuvdan olinadigan pulni, bu bugungi savdolardan tashqari bo‘ladi. Bularga takrorlashtirib beramiz.  Bundan keyin ham boshqa-boshqa fikrlar, boshqa-boshqa loyihalar bo‘lsa, hokimlik bilan ishlasalaringiz o‘z xursandchiligimiz va minnatdorchiligimizni bildiramiz.

O‘ylaymanki, “yosh Toshkent” go‘zallashaveradi va har doim sizlarning ishlaringiz, mehnatlaringiz bilan yosh bo‘lib qolaveradi, deb so‘zini yakunladi hokim Ortiqxo‘jaev. Ortiqxo‘jaev tadbir so‘nggida ishtirokchilar bilan selfiga tushdi.