Jizzax: Yana bir haydovchi YPX xodimini do‘pposladi (foto+video)

14.02.2020 09:48

Telegram kanallari orqali YPX xodimi bilan bog‘liq navbatdagi ko‘ngilsizlik holati tasvirga olingan videorolik tarqaldi.

Об этом сообщает Роспрес

Videorolikda haydovchining YPX xodimini do‘pposlayotgan holati ifodalangan bo‘lib, tasvir ostiga qoldirilgan izohda ular o‘rtasida nizo kelib chiqqanligi aytilmoqda.

Nizoning nima sababdan kelib chiqqanligi hozircha noma’lum.

Biroq Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lumot berishicha, ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv va xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.